Ma’lum bir mavzu bo’yicha frazeologik iboralar

Posted by Dilya Usmanova on

"Bosh" so'zi ishlatilgan frazeologik iboralar:

bosh og’rig’i – ortiqcha tashvish, dahmaza;
boshi osmonga yetmoq – xursand bo’lmoq;
bir boshini ikki qildi – oilali qildi;
bir boshdan – boshlanishidan, tartib bilan;
bosh egdi – itoat qildi, bo’ysundi;
bosh qo’shdi – aralashdi, qatnashdi;
bosh qotirdi – astoydil o’yladi, chuqur fikrladi;
bosh og’rig’i – ortiqcha tashvish, dahmaza;
boshlarini bir joyga qovushtirdi – oila qurdi;
boshi bilan sho’ng’ib ketdi – butunlay berilib ketdi;
boshi ko’kka yetdi – behad sevindi;
boshi yostiqqa yetganda – kasal bo’lib qolganda;
boshi oqqan tomon – duch kelgan taraf;
boshi osmonda – nihoyatda xursand;
boshida danak chaqdi – ortiq darajada azoblandi;
boshidan oshib yotibdi – ortiq darajada, benihoya ko’p;
boshdan oyoq – bus-butun, to’la-to’kis;
boshiga ko’tardi I – qattiq shovqin qildi;
boshiga ko’tardi II – yuksak darajada izzat-hurmat qildi;
boshiga qilich kelsa ham – har qanday sharoitda ham;
boshiga yetdi – halok qildi;
bosh aylantirdi – esankiratdi; 

Sifat frazeologik iboralarga misollar: 

Turqi sovuq – yoqimsiz;
Beti shuvut – uyatli;
Dimog’i chog’ – kayfiyati yaxshi;
Qo’li egri – o’g’ri;
Fe’li keng – tanti;
G’ash ko’ngil – tashvishli, bezovta, notinch;
Ichi qora- yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko’rmaydigan;
Istarasi issiq- xush ko’rinishli, yoqimli, jozibador;  
Kayfi buzuq – kayfiyati yomon, xafa;
Kayfi chog’ – kayfiyati yaxshi;
Ko’ngli bo’sh – ko’ngilchan, rahmdil;
Ko’ngli g’ash – tashvishli, bezovta, notinch;
Ko’ngli keng – oliyhimmat, saxovatli;
Ko’ngli qattiq- rahm-shafqati yo’q;
Ko’ngli qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshlikni ravo ko’rmaydigan;
Ko’ngli to’q – o’ta xotirjam;
Ko’ngli toza – yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydigan;
Ko’ngli yumshoq – ko’ngilchan, rahmdil;
Ko’ngli ochiq – yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydigan;
Ko’ngli oq – yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydigan;
Ko’ngli pok – yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydigan;
Ko’ngli xira – tashvishli, bezovta, notinch;
Ko’zga issiq ko’rindi – tanishdek tuyuldi;
Ko’zi ochiq – barhayot;
Puch yong’oq bilan ko’nglini to’ldirdi – yolg’on va’dalar bilan aldadi;
Qalbi pok – yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydigan;
Qo’li kalta – cheklangan imkoniyatga ega;
Qo’li uzun – ortiq darajada imkoniyatga ega;
qo’li ochiq – saxiy;
Qo’lini sovuq suvga urmaydi – qiyinroq jismoniy mehnatni umuman qilmaydi;
Aravani quruq olib qochmoq- uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
Qora terga botmoq – haddan tashqari zo’r berish natijasida juda ko’p terlamoq;
Sariq chaqalik – hech;
Sodda dil – ishonuvchan;
Sof dil – vijdonli, beg’araz;
So’xtasi sovuq – yoqimsiz, badhazm;
Ta’bi tirriq – kayfiyati yomon, xafa;
Ta’bi xira – kayfiyati yomon, xafa;
Tili uzun – har qancha gapirishga haqqi bor;
To’nini teskari kiyib oldi – o’chakishgan holda qaysarlik qildi;
tepsa tebranmas – har qanday ishni ham imillab qiladigan, sustkash;
yaxshi ko’rdi – sevdi, oshiq bo’ldi, yoqtirdi;
yengil tortdi – ruhiy azoblanishi to’xtadi;
yog’ tushsa yalagudek – nihoyat darajada toza;
yomon ko’radi – sevmaydi, izzat-hurmat qilmaydi;
yumshoq ko’ngil – ko’ngilchan, rahmdil;
yuzi yorug’ – uyaladigan joyi yo’q;
zuvalasi pishiq – a’zoyi badani chiniqqan;
obro’yi baland – katta e’tiborga ega;
ochiq chehra bilan – yaxshi kayfiyat bilan;
ochiq ko’ngil – samimiy, g’ayirlikni bilmaydigan;
og’ir oyoq – homilador;
olam munavvar – hamma narsa ko’ngildagidek, e’tirozga o’rin yo’q;
oq ko’ngil – yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko’rmaydigan; 

Ayyor) ilon yog’ini yalagan – nihoyatda ayyor, mug’ombir;

To’polon qilmoq) Yerga ursa osmonga sapchimoq – o’taketgan sho’x, topolonchi;
Jahonga o’t qo’ymoq – vajohat bilan urushmoq;
Bir-birining go’shtini yemoq – ikki tomonning bir-biri bilan urishishi;

Qo’rqib ketmoq) Quti o’chdi – qattiq qo’rqqanidan rangi oqardi;
Yuragini yordi – qattiq qo’rqitib, cho’chitdi;
Yuragini oldirib qo’ygan – bezillab qogan;
Jon-poni chiqib ketdi – nihoyatda qattiq qo’qdi;
Nafasi ichiga tushib ketdi – qo’rquv aralash hech narsa deyolmay, lol bo’lib qoldi.

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published