Minglab ignani ko’rdim
Teshigi yo’q hech birin. (Tipratikan)

Ikkii yaproq bir tanda
Kezar yozda chamanda (Kapalak)

Sochning tolidan ham ingichka
Ipning ustida yurar (O’rgimchak)

Ko’rinishi kalta arqon
Qo’l-oyoqsiz chopar chaqqon (Ilon)

Emaklagan toshni ko’rdim
Toshdan chiqqan boshni ko’rdim. (Toshbaqa)

Sassiq ko’lda it xurar (Baqa)

Qanoti bor uchmaydi, Quruklikda yurmaydi. (Baliq)

Dalama-dala qidiradi,
Qo’y bilan echki oh uradi. (Bo’ri)

To’rt oyoqli, temir tuyoqli. (Ot)

Ovozasi azonda,
Mazaligi qozonda (Xo’roz)
