Frazeologik omonimlarga misollar

Posted by Dilya Usmanova on

Adi-badi aytishdi

1)turli mavzularda yengil yelpi suhbatlashdi

2)so’z tashlashdi, yengillashdi

 

Aqli kirdi

1)es-hushli bo’ldi

2)angladi, tushundi

 

Badanidan o’tib ketdi

1)jismiga chuqur ta’sir etdi

2)ruhiga chuqur ta’sir etdi

 

Barmog’ini tishladi

1)hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi

2)afsuslandi

 

Ketiga tushdi

1)zimdan yugurib, butun hatti-harakatlarini ta’qib qildi

2)manfaatdor bo’lgani holda berilib harakat qildi

 

Kunini o’tkazdi

1)tirikchiligini qildi

2)vaqtini o’tkazdi

 

Ko’zining paxtasi chiqib ketayozdi

1)g’azabi qo’zib, asabiylashdi

2)g’ayrati ko’zida aks etib, ko’zi chaqnadi

 

Ko’zini qamashtirdi

1)nur aks etib, ko’zi hech narsani ko’rmaydigan bo’ldi

2)go’zalligiga mahliyo bo’ldi

 

Ko’zga ko’rinmaslik

1)tanimaslik

2)o’ziga jalb qiladigan bo’lmaslik

 

Ko’z olaytirdi

1)o’qraaydi

2)o’z manfaatiga bo’ysundirish niyatida bo’ldi

 

Ko’z o’ngida

1)bevosita ko’ringan

2)tasavvurida saqlagan

 

Ko’z tikdi

1)tikilib qaradi

2)umidvor bo’lib qaradi

 

So’zini bermaslik

1)boshqalarga imkon bermay, nuqul o’zi gapirdi

2)itoat qilmay, o’z bilganicha ish qildi

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published