Frazeologik iboralar va ularga misollar (iboralarga misollar)| Ўзбек Тилида Фразеологик Иборалар Тўплами

Posted by Dilya Usmanova on

Frazeologik iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan,
ma’noni kuchli darajada ifodalaydi hamda ularda obrazlilikni yorqin aks ettiradi.
Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh
bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajri-
balarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosa-
larning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir.
Iboralarga misollar:

  • adabini berdi - qilmishiga yarasha jazoladi;
  • avzoyi buzilmoq – vajohati yomonlashmoq, achchiqlanmoq;
  • aravani quruq olib qochmoq – uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
  • bag’ri qon – g’am-a’lamli, g’am a’lamda;
  • bahri dili ochildi – kayfiyati yaxshilandi;
  • bahridan o'tmoq – foydali deb bilgan narsasidan voz kechmoq;           
  • bosh og’rig’i – ortiqcha tashvish, dahmaza;
  • boshi osmonga yetmoq – xursand bo’lmoq;
  • bir kesak bilan ikki quyonni urmoq – ayni bir paytda ikki narsani ko’zlab ish tutmoq (amalga oshirmoq);
  • bir yoqadan bosh chiqarmoq – hamjihat bo’lmoq, yakdil bo’lmoq;
  • burgaga achchiq qilib, ko’rpa kuydirmoq - arzimagan narsani deb, jahl ustida nojo’ya, zararli ish qilib qo’ymoq;
  • besh barmog’ini o’g’ziga tiqmoq – hovliqib, lozim bo’lganidan ko’ra ortiqroq narsani ro’yobga chiqarish uchun intilmoq, nafsga berilmoq;
  • bir boshini ikki qildi – oilali qildi;
  • bir boshdan – boshlanishidan, tartib bilan;
  • bosh egdi – itoat qildi, bo’ysundi;
  • bosh qo’shdi – aralashdi, qatnashdi;
  • bosh qotirdi – astoydil o’yladi, chuqur fikrladi;
  • bosh og’rig’i – ortiqcha tashvish, dahmaza;
  • boshlarini bir joyga qovushtirdi – oila qurdi;
  • boshi bilan sho’ng’ib ketdi – butunlay berilib ketdi;
  • boshi ko’kka yetdi – behad sevindi;
  • boshi yostiqqa yetganda – kasal bo’lib qolganda;
  • boshi oqqan tomon – duch kelgan taraf;
  • boshi osmonda – nihoyatda xursand;
  • boshida danak chaqdi – ortiq darajada azoblandi;
  • boshidan oshib yotibdi – ortiq darajada, benihoya ko’p;
  • boshdan oyoq – bus-butun, to’la-to’kis;
  • boshiga ko’tardi I – qattiq shovqin qildi;
  • boshiga ko’tardi II – yuksak darajada izzat-hurmat qildi;
  • boshiga qilich kelsa ham – har qanday sharoitda ham;
  • boshiga yetdi – halok qildi;
  • bosh aylantirdi – esankiratdi; 
  • dami ishiga tushmoq – qo’rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo’lib qolmoq;
  • dog'da qolmoq - biror narsaning kutilgancha bo'lmagani tufayli o'kinmoq, alamzada bo'lmoq;
  • dumini tugmoq – qaytmas qilib haydamoq;
  • dunyoni suv bossa, to’pig’iga chiqmaydi – o’taketgan beg’am, haddan tashqari beparvo;
  • es-hushini olib qo’ydi – o’ziga haddan ortiq darajada mahliyo qilib qo’ydi;
  • esi og’ib ketmoq – hayoli biror narsa haqidagi o’y-hayollar bilan band bo’lmoq;
  • yerga ursa ko’kka sapchiydi – o’taketgan sho’x, o’taketgan betinim;
  • miyani qoqib, qo’liga bermoq – so’rayverib, miyasini charchatmoq, sergapligi bilan bezdirmoq;
  • nafasi ichiga tushmoq – qo’rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo’lib qolmoq;
  • nari borib, beri keldi – juda qattiq azoblandi;
  • nonini tuya qildi – aldab-suldab birovning haqqini o’zlashtirdi;
  • ona suti og’zidan keldi – haddan tashqari qiynalib ketdi;
  • og’zi qulog’ida – nihoyatda xursand;
  • ochiq yuz bilan – yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan;
  • o'rniga qo'ydi - bajardi; o'rinlatdi; 
  • pashshadan fil yasamoq – biror voqeani bo’rttirib ko’rsatmoq;
  • qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – nihoyat darajada beozor, mo‘min;
  • qo’lini sovuq suvga urmaslik – qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaslik;
  • qordan qutulib, yomg’irga tutilmoq – avvalgisidan ham yomoniga uchramoq;
  • qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirmoq – yolg’on va’dalar bilan aldamoq;
  • qo’ltig’idan tarvuzi tushdi ( tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq ma'nosi) – umidi puchga chiqib, bo’shashdi;
  • qo’lni yuvib, qo’ltiqqa urmoq – ixlosi qaytib, ishonmay qo’yish;
  • sochi tikka bo’ldi – bir lahzaning o’zida nihoyatda g’azablandi;
  • sabr kosasi to’lmoq – chidami tugab, yashashdan bezmoq;
  • sichqonning ini ming tanga bo’ldi – qochib qutulgani joy topilmay qoldi;
  • tarvuzi qo'ldig'idan tushdi ( tushmoq ) ma'nosi - umidi puchga chiqib, bo'shashdi;
  • tirnoq orasidan kir qidirmoq – yomon niyat bilan deyarli aybi yo’q kishining faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
  • tepa sochi tikka bo’lib ketdi – bir lahzaning o’zida nihoyatda g’azablandi;
  • tomdan tarasha tushganday – qo’qqisdan, kutilmagan holda va qo’pol tarzda;
  • to’nini teskari kiyib oldi – o’chakishgan holda qaysarlik qildi;
  • to’ydan oldin nog’ora qoqdi – ro’yobga chiqishi aniq bo’lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi;
  • u qulog’idan kirib, bu qulog’idan chiqib ketdi – e’tibor bermay, xotirasida tutib qololmadi;
  • xush keldi – yoqdi;
  • xursandchiligi ichiga sig’maydi – xursandchiligi oshib-toshib ketdi;
  • yuragini oldirib qo’ydi – bezillab qoldi;
  • yuz ko’rmas bo’ldi – aloqani butunlay uzdi;
  • yuragiga qil sig’maydi – juda qattiq tajang bo’lib, ruhan ezilib, hech narsa bilan mashg’ul bo’lolmaydi;
  • yulduzi yulduziga to’g’ri keldi – bir-biriga mos bo’ldi;
  • chuchvarani xom sanabsan – xom hayol qilib yuribsan, xomtama bo’libsan; 
  • kapalagi uchdi - qattiq cho'chish bilan qo'rqdi;
  • kalavaning uchini topdi - jumboqni hal qilish yo'lini topdi; 
  • kalavaning uchini yo'qotdi - qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi; 
  • katta gapirdi - imkoniyatiga ortiqcha baho berdi;
  • katta og'iz - 1)soxta kibr-havoli, maqtanishni yaxshi ko'radigan                   2)imtiyozli mavqega ega (kinoya) 
  • kavushini to'g'rilab qo'ydi - haydab yubordi;
  • katta ketdi - imkoniyatiga ortiqcha baho berdi;
  • kayfi chog' - kayfiyati yaxshi; 
  • kayfi buzuq - kayfiyati yomon, xafa;
  • kayfiyati buzuldi - kayfiyati yomonlashib, xafaf bo'ldi; 
  • kayfi chog'liq qildi - xursandchilik qildi, dilxushlik qildi;

 

 Aziz, muxlislar! Siz qanday frazeologik iboralarni bilasiz?

Javoblaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

Umar Hayyom "Turmush tasbehi" 
Bepul tinglash uchun asar sahifasiga o’ting
Ekraningizni tepaga suring va audio treklarni tinglang

Audio kitoblar, ertaklar uzbek va rus tilarda Telegram kanalimizda tekin bepul eshitish Audio kitoblar, ertaklar uzbek va rus tilarda Telegram kanalimizda tekin bepul eshitish

Аudiobook.uz loyihasining rivojlanishiga o’z hissangizni qo’shing. 
Biz bu pullarga siz va farzandlaringiz uchun yangi audiokitoblar yozamiz. 

7 comments


  • zur gap bulishi mumkin emas

    Хамдина Хамдамжоновна Йигиталиева on

  • Aziz, muxlislar! Siz qanday frazeologik iboralarni bilasiz? Javoblaringizni sharhlarda yozib qoldiring!

    Dilya Usmanova on

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published