Daromadni oddiy yo’l bilan ko’paytirishning 45 xil usuli

Posted by Dilya Usmanova on

1.Daromad va harajatlar (kirim va chiqimlar)ni yozib yuring.

2.Mayda va keraksiz harajatlarni qisqartiring.

3.Kredit va kredit kartalaridan voz keching.

4.Qarz olishni to’xtating.

5.Hali kelmagan daromadga ishonib qolmang.

6.Qo’shimcha daromad manbaini toping.

7.Kichik daromadlarga bepisand qaramang.

8.Pulni jamg’arib borishni yo’lga qo’ying.

9.O’zingiz bajara oladigan pullik xizmatlardan voz keching.

10.Harajatingiz daromaddan ko’p bo’lmasin.

11.Bo’sh vaqtingizni pul topish uchun sarflang.

12.Rejalarni daromadingizga qarab tuzing.

13.MMM va Forex kabi shubhali korxonalarga pul tikmang.

14.Karyera qilishni boshlang.

15.Sabr qilishni o’rganing. Daromad ko’payishi vaqt talab etadi.

16.Pulga bepisand qaramang.

17.Kam miqdordagi pulni ham behuda sarflamang.

18.Pul talab etadigan zararli va keraksiz odatlardan voz keching.

19.Pulni faqatgina kerakli va sifatli narsalarga sarflang.

20.Ziqna odam ikki barobar ko’p pul sarflaydi, unutmang.

21.Pulni keraksiz sovg’alarga sarflamang.

22.Tashqaridan moddiy yordam kutmang.

23.Moliyaviy daholar yozgan kitoblarni o’qib turing.

24.Sizdan boyroq insonlarning maslahatlariga quloq soling.

25.Kutilmagan xariddan saqlaning.

26.Ortiqcha pullaringizni har xil o’yin-kulguga sarflamasdan, ota-onangizga bering.  

27.Jismoniy kuchni chiniqtiring.

28.Yoningizda ortiqcha pul olib yurmang.

29.Mahsulot xarid qilishda chegirmalar uchun astoydil harakat qiling.

30.Shubhali taklif va bitimlardan voz keching.

31.Zarur bo’lmagan narsa uchun hech kimga qarz bermang.

32.Qarzdor ham bo’lmang.

33.Boylikning siri pulni oqilona tejash va yangi daromad manbaini topish.

34.Mayda pullarga bee’tibor bo’lmang. Toma –toma ko’l bo’lur.

35.Har bir tiyin millionning asosi hisoblanadi.

36.Doimiy ravishda pul tikishni talab etadigan narsalardan voz keching.

37.Bir do’kondan mahsulot xarid qila turib, huddi shu mahsulot boshqa do’konda nisbatan arzonroq bo’lishi mumkinligini unutmang.

38.Ulgurji xarid chakana xariddan arzonroq bo’ladi.

39.Sifatli mahsulot qimmatroq bo’lishi mumkin, aslida esa ancha foyda keltiradi.

40.Kam bo’lsayam pulingizni doimo hisoblab yuring.   

41.Pulingiz haqida hech kimga gapirmang.

42.Birovning pulini ham hisoblamang.

43.Sizdan ko’proq pul topadiganlarga hasad bilan emas, havas bilan qarang.

44.Kun ko’rish uchun emas, chiroyli yashash uchun harakat qiling.

45.Harakatda barakat maqoliga amal qiling.

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published