Glossika – gaplarni takrorlash orqali tilni o’rganish metodikasi. Boshqa uslublardan farqli o’laroq Glossika xorijiy tillarni butun gaplarni ko’p marotaba takrorlash orqali o’zlashtirishni taklif etadi va bu bilan nutq ravonligini ham shakllantiradi.
Metodikaning asosiy qoidalari:
1.Tilni og’zaki o’rganishdan boshlang. Ushbu metodika yaratuvchisi Maykl Kempbell ham 6 xil turli tillar oilasiga mansub bo’lgan ko’plab tillarni o’rgangan, ularning aksariyati umuman yozuvga ham ega emas.
2.Oraliq takrorlashni qo’llang: o’rganilgan ma’lumotni ma’lum vaqt oralig’idan keyin takrorlash. Bu tizim maxsus algoritmga ega. Shunga o’xshashlar Memrise, Anki, Pimsleur, Duolingo da qo’llaniladi. Glossika yaratuvchilarining ta’kidlashlaricha esa – ularning algoritmlari betakror. Butun kurs davomida til o’rganuvchi 60000 takrorlashni amalga oshiradi.
3.Grammatika qoidalarini o’rganmang. Dastur yaratuvchilarining aytishlaricha, til o’rganuvchi alohida so’zlarni emas, butun gaplarni shunchaki takrorlab turib, tilning grammatikasi va sintaksisini ham o’z-o’zidan o’zlashtirib oladi, huddi bolaligidan qo’shimcha tilda gaplashib, uni egallaganlar kabi.
4.Talaffuzingizni audioga yozib oling. Talaffuz – bu mushaklardir. Ularni mashq qildiring. Boshidan mukammallikka intiling. Dasturdagi har bir gap til sohiblari tomonidan o’qib eshittirilgan.
Mazkur metodika Nikolay Yagodkin hamda Pimslerning namunalariga o’xshab ketadi. Agar siz qayta-qayta bir xil takrorlashlardan cho’chimasangiz hamda o’z ustingizda betinim ishlashga tayyor bo’lsangiz – unda olg’a! Boshlayvering
Amerikani ingliz tilni urganish
Rus tilni urganish audio ertaklar orqali:
Assalomu aleykum bu audiobooks orqali ibgliz tilida tuliq gaplashaolamanmi