1995 yilda Parijda YUNESKO ning bosh konferentsiyasi bo’lib o’tdi, unda har yili 23 aprel kunini kitoblar va mualliflarni qadrlash va hurmat qilish kuni sifatida nishonlashga qaror qabul qilindi. Unda butun insoniyatga kitob mutolaasidan bahra olish imkoniyatini yaratayotgan hamda insoniyatning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan hissasini qo’shayotganlarning tengsiz mehnatlarini hurmat qilish va qadrlashga chaqirildi. Ana o’shanda Butun jahon kitoblar va mualliflik huquqlari kuni hamda bolalar va o’smirlar adabiyotida bag’rikenglik g’oyalarini targ’ib qilganlik uchun YUNESKO Mukofoti ta’sis etildi.
Ma’lumot egasi, ta’lim va ijod asosi bo’lmish kitob har bir madaniyatga o’zi haqida gapirib berish imkoniyatini beradi, turli xil xalqlarning odat va an’analari bilan tanishtiradi.
Biz kitobxonlarni ushbu bayram bilan tabriklab, ko’proq kitob mutolaa qilishga chaqirar ekanmiz, bizning audiobook.uz saytimizda audiokitoblar tinglab, bahra olishni taklif etamiz!
23-aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni
Posted by Dilya Usmanova on