2020 yil 2 aprel kuni daniyalik ertaknavis, shoir, yozuvchi, dramaturg va essechi Gans Hristian Andersenning tavallud topganiga 215 yil to’ladi

Posted by Dilya Usmanova on

Gans Hristian Andersen avvalam bor bolalar yozuvchisi sifatida tanilgan. U bolalar uchun 150 dan ortiq ertaklarni bag’ishlagan, ularning aksariyati dunyo ahamiyatidagi klassikaga aylangan. Ertaklardan tashqari Andersen she’rlar, pyesalar, hikoyalar, romanlar ham yozgan. Shunisi qiziqki, roman, pyesa kabi jiddiy asarlarni yozish Andersen uchun qiyin kechgan, ertaklarni yozish esa oddiy va oson edi. Bunda atrofidagi narsalar uni ilhomlantirib turgan. Turli mamlakatlarga qilgan sayohatlaridan yozuvchi cheksiz hissiyotlarga ega bo’lgan.

Gans Hristian Andersen 1805 yil 2 aprel kuni Daniyaning Fyun oroli Odense shahrida etikdo’z va kir yuvuvchi oilasida dunyoga keldi. Oilasining o’ta qambag’alligiga qaramay, Gans o’qishga qattiq bel bog’ladi. 1819 yildan 1826 yillargacha ketma-ket bir nechta ta’lim muassasalarida, shu jumladan Kopengagen teatrida taxsil oldi. Ammo uning aktyor bo’lib yetishib chiqishga qilgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bo’lajak yozuvchining savodxonligi ham oqsar edi – Andersen umrining oxirigacha imloviy xatolar bilan yozib keldi.

1828-1834 yillar Andersen uchun faol ijod va sayohatlar davri bo’ldi. U Drezden, Berlin, Parij, Rim, Florentsiya, Neapol, Venetsiya kabi shaharlarga sayohat qildi. Bu vatq mobaynida uning bir necha she’riy to’plamlari, “Nikalay minorasidagi muhabbat” va Esse-mulahaza” kitoblari bosilib chiqdi.

Andersen to’qqiz yil davomida Daniyadan chetda yashadi. U Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Shvetsiya, Norvegiya, Portugaliya, Angliya, Shotlandiya, Bolgariya, Gretsiya, Bogemiya va Moraviya, Sloveniya, Belgiya, Avstriya, Shvetsariya, Amerika, Turkiya, Marokash, Monako va Malta kabi juda ko’plab mamlakatlarda bo’ldi, ba’zilariga esa bir necha marotaba tashrif buyurdi.

Bu sayohatlarda o’sha davrning mashhur shoir, yozuvchi va bastakorlari bilan uchrashuvdan olgan ijobiy taassurotlari Andersenni yangi asarlar yozishga ilhomlantirdi. Mana shu sayohatlariga bag’ishlab u “Shoir bozori”, “Shvetsiya bo’ylab”, “Ispaniyada”, “Portugaliyaga tashrif” kabi asarlarini bag’ishlagan.

1835 yilda yozuvchining uni Evropada mashhur qilgan “Improvizator” romani bosmadan chiqdi. Keyinchalik Andersen “Shunchaki skripkachi”, “Ikki baronessa”,  Baxtli Petka”romanlarini yozdi. Dramaturg sifatida “Mulat” romantik dramasini yozadi, unda qanday irqqa tegishli bo’lishidan qat’iy nazar barcha insonlar teng ekanliklari bayon etiladi. “Javohir va oltindan qimmat”, “Ole-Lukoye”, “Marjonli onaxon” ertakli komediyalarida Andersen xalqning ezgulik va adolat timsollarini gavdalantiradi.

Ammo Andersen ijodining toji albatta ertaklari hisoblanadi. 1835 yildan 1872 yilgacha yozuvchi ertak va hikoyalarning yigirma to’rtta to’plamini chiqardi.

1846 yilda badiiy avtobiografiyasini yozishni boshladi va 1875 yilda, hayotining so’nggi yilida tugatdi.

1956 yildan boshlab Xalqaro bolalar kitoblari kengash tomonidan Gans Hristian Andersenning Oltin medali – zamonaviy bolalar adabiyotidagi Oliy Xalqaro mukofot ta’sis etilgan. Bu medal bilan bolalar adabiyotiga hissa qo’shgan yozuvchilar, 1966 yildan boshlab esa rassomlar ham taqdirlanadilar.

Xalqaro bolalar kitoblari kengashning  tashabbusi va qarori bilan 1967 yildan boshlab 2 aprel – Andersen tavallud topgan kun Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlana boshladi.

Bizning audiobook.uz saytimizdan Gans Hristian Andersenning biz o’qib eshittirgan rus va o’zbek tillaridagi ajoyib ertak va hikoyalarini

Aprel oyi davomida Bepul Yuklab Oling va Tinglang

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published