Jek London (haqiqiy ismi Jon Griffit Chaney) 1876 yil 12 yanvarda Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida tug'ilgan. Otasi o'g'lini tan olmagan va oilasini tashlab ketgan. London familiyasi unga keyinchalik beriladi – onasi ikkinchi bor turmushga chiqqanidan so’ng o’g’lini eining familiyasiga o’tkazadi.
Bo’lajak yozuvchining bolaligi qiyin davrlarga to’g’ri keladi. Oilasi qashshoqlikda yashagani uchun Jek juda erta mehnat faoliyatini boshlaydi. U maktabda o‘qish bilan birga tonggi va kechki gazetalarni sotardi. O‘n to‘rt yoshida boshlang‘ich maktabni tugatgach, konserva zavodiga ishchi bo‘lib kiradi. O'n besh yoshida Jek noqonuniy ustritsa ovlovchilarining qiroli bo'ladi, keyinchalik esa mahalliy daryo patruliga qo'shiladi va endi o’zi brakonyerlarga qarshi kurashadi.
1893 yilda u ovchilik kemasiga dengizchi sifatida yollanib, dengiz mushunklarini ovlash uchun Yaponiya qirg’oqlari va Bering dengiziga jo’naydi. Birinchi sayohat ta’sirida London juda ko'p yorqin taassurotlarga ega bo’ladi, va bu narsa keyinchalik uning ko'plab sarguzasht hikoya va romanlariga asos bo'ladi.
Londonning adabiy faoliyatini boshlab bergan "Yaponiya qirg'og'idagi to'fon" ocherki 1893 yil 12 noyabrda nashr nashr etiladi va San-Fransisko gazetasining mukofotga sazovor bo'ladi.
1894 yilda London "ishsizlar yurishi"da qatnashadi, Shimoliy Amerika shaharlarini kezib chiqadi, sargardonlik hamda sotsialistik harakatlari uchun hibsga olinadi. 1896 yilda u Kaliforniya universitetiga qabul qilinadi, ammo mablag' yetishmasligi tufayli o'qishni to'xtatishga majbur bo'ladi.
1897 yilning bahorida Jek London "oltin vasvasasi"ga berilib, Alyaskaga jo'nab ketadi. 1898 yilda uyiga bir tiyinsiz, lekin bir dunyo taassurotlar bilan qaytadi va yozuvchilik yonalishini davom ettirishni rejalashtiradi. Shimol romantikasi, temir iroda va qiyin davrda omon qolish istagi London ijodining asosiy motivlariga aylandi.
Jek London tarixda o'z iste'dodi bilan million dollar ishlab topgan birinchi yozuvchi bo'ldi. Umuman olganda, Jek London hayoti davomida yigirmaga yaqin roman, ikki yuzdan ortiq hikoya va uchta pyesa yozgan. Uning adabiy faoliyati o‘n yetti yil davom etgan.
Jek London buyrak kasalligidan aziyat chekardi. U 1916-yil 22-noyabrda 40 yoshida yuqori doza og‘riq qoldiruvchi dori natijasida vafot etadi.
Quyida Jek Londonning Audiobook.uz tomonidan rus tilida o’qib eshittirilgan hikoyalari ro‘yxati keltirilgan:
Тысяча смертей
На берегах Сакраменто
То, чего никогда не забыть
Сила сильных
Сивашка
На конце радуги
Великий вопрос
Золотой мак
Сила женщины
Дочь Авроры