Hurmatli vatandoshlar!
Bizga erkin va farovon hayot barpo etish imkonini bergan O’zbekiston Mustaqilligi Kuni bilan barchangizni tabriklaymiz!
Qadr-qimmatimiz, or-nomusimiz, milliy davlatchiligimizni o‘zida mujassam etgan bu kun har bir fuqaro uchun muhim sanadir.
Mustaqillik bizga milliylikni anglash, or-nomus va g‘urur tuyg‘usini, yurtimiz taqdirini nazorat qilish huquqini, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni qaytardi.
Sizlarni ushbu qutlug' bayram bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga mustahkam sog'lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar, xalqimiz va davlatimiz farovonligi yo'lidagi barcha ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Barchangizga tinchlik, barqarorlik va farovonlik hamisha hamroh bo’lsin!