1-oktyabr Ustozlar va Murabbiylar Kuni!

Posted by Dilya Usmanova on

Hurmatli pedagoglar va muallimlar!

Kasb bayramingiz bo’lmish – Ustozlar va Murabbiylar Kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sharafli kasbingiz nafaqat mehnatni, balki chinakam mahorat, ochiq ko’ngillik, mas’uliyat va sabr toqatni talab etadi. Bizlarga bilim, ezgulik va hikmatlar ulashishdek mashaqqatli yo’lda tinim bilmay mehnat qilayotganingiz uchun Rahnat!
Faoliyatingiz davomida sabr-toqat va shijoat Sizlarni hech qachon tark etmasin!
Sizlarga mustahkam sog’lik, baxt, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz! Hamisha el ardog’ida, shogirdlaringiz ardog’ida bo’ling!
O’quvchilaringiz yutuqlari va ulkan muvaffaqiyatlari bilan ko’zingizni qivontitirib, yuzingizni yorug’ qilsinlar.
Ularning yuqori cho’qqilarni zabt etayotganliklarini ko’rib, mehnatingiz samarasidan hamisha faxrlanib yuring!
Ezgulik ulashish yo’lidagi qiziqarli va mashaqqatli mehnatingiz qarshisida ta’zimdamiz, aziz Ustozlar!

Bayramingiz muborak bo’lsin!



Hurmat bilan audiobook.uz ijodiy jamoasi

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published