OTA-ONA, FARZAND VA HAYOT DARSI

15 января 2019 г.

 

родители 

Farzand tarbiyasining sir-asrorlari


Biz kattalarning farzandlarimizga aytayotgan har bir gapimiz ularning qalblarida chuqur iz qoldirishi, fe’l-atvorini shakllantirishi mumkinligi haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Quyida ruhshunos olimlarning kichkintoy bolalarga har kuni aytilishi kerak bo’lgan tavsiyalari bilan tanishishingiz mumkin.


Men seni judayam yaxshi ko’raman


Bola istalgan yoshda, oyligida ham, 15 yoshligida ham shu so’zlarni yaqin odamidan eshitishi kerak – bu barcha asoslarning asosidir. Va albatta, so’zlaringizni amalda ham tasdiqlashingiz lozim: farzandingiz bilan birga ko’proq vaqt o’tkazishingiz, uni so’zlarini diqqat bilan tinglashingiz, uning muammolarini birgalikda muhokama qilishingiz zarur. Farzandingiz har kuni sizning mehringizni his qilib turishi darkor.


Sen albatta bu ishning uddasidan chiqasan
Hattoki oddiy yumushlar ham bolalarga qiyin bo’lib tuyulishi mumkin, chunki ular o’zlarining iqtidorlari haqida to’liq bilmaydilar. Aynan shuning uchun ham bolalar ota-onalarining daldalariga muhtoj bo’ladilar. Farzandingizga hamisha u istalgan vazifani bajara olishi va har qanday muammoni hal qila olishi haqida uqtirib turing. Bolalarning ota-onasi tomonidan doimiy ravishda qo’llab-quvvatlanib turilishi ularda o’zlariga nisbatan ishonchsizlik hissini ketkazadi.

 

родителиKuning qanday o’tdi?
Farzandingizdan har doim kunini qanday o’tkazganligi haqida so’rab-surishtiring. Axir har bir kun o’zgacha o’tadi. Uning kuni qanday o’tkanligi bilan har kuni qiziqing, shunda buni muhokama qilish ikkalangiz uchun ham odat tusiga aylanadi. So’rab-surishtirganingizda ham shunchaki rasmiyatchilik sifatida emas, astoydil, qiziqib so’rang. Agar siz farzandingiz bilan iliq munosabatingizni o’spirin davrida ham saqlab qolmoqchi bo’lsangiz, bunga kichkinaligidan boshlab poydevor yarating.


Taslim bo’lma!
“Ko’z qo’rqoq, qo’l botir”. Bu maqolning ma’nosini biz kattalar yaxshi bilamiz. Lekin kichkintoylar va hali hayotni yaxshi anglab-tushunib yetmagan o’spirin farzandlarimiz bu maqolning mag’zini chaqib ko’rmaganlar. Shuning uchun ham istalgan qiyinchilik ularga fojiadek tuyulishi mumkin. Shunday pallada siz farzandingizga “Taslim bo’lma!”, deya dalda berishingiz zarur. Bordiyu farzandizgiz sizning nazaringizdagi katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa ham, shunday so’zlar bilan uni qo’llab-quvvatlang. Har bir inson xato qilib qo’yishi mumkinligini va bu xatolardan o’ziga xulosa chiqarishi kerakligi haqida tushuntiring.


Men sen bilan faxrlanaman
Kichkintoy bolajonlar uchun o’zlarining har bir bajargan ishlari katta yutuqdek tuyuladi – siz ham ularning fikriga qo’shiling. Oyoq kiyimining ipini o’zi bog’lay oldimi, birinchi so’z yozdimi, ilk bor sahnaga chiqdimi – darhaqiqat bularning barchasi farzandingizning yutug’laridir. Bu yutug’i qanchalik tahsinga sazovor ekanligini unga uqtiring.


Farzand tarbiyasida ko’proq mehr ko’rsatish kerak. Uni ko’proq bag’ringizga bosing, naqadar aqlli ekanligini bot-bot ta’kidlab turing va arzimagan ishi uchun ham unga tashakkur bildiring.

 


Hurmat bilan,

audiobook.uz

facebook.com manbaidan qisqa tarjima

 


#AudiobookUz #Maqolalar O’zbekTilida #OtaOna #Tarbiya #Farzand

Оставьте ваш комментарий