Kapalak Normurod Norqobilov Hikoya Mp3 O'zbek Tilidagi Audio

Regular price $1.00

Shipping calculated at checkout.
Kapalak hikoya mp3
Shaharda o‘qib, o‘sha yerda qolib ketgan ikki yoshning o‘g‘ilchasi qishloqdagi ota-ona bag‘rida o‘sib, maktab yoshiga yetgan.
Otasi uni shaharga olib ketishga ahd qilib, poyezd bekati tomon yo‘lga tushishadi. Yo‘l-yo‘lakay bolakay uni o‘rab olgan borliqning har bir fusunkor ko‘rinishiga ahamiyat berib, undan hayratlanib, dunyo-dunyo quvonchlarga to‘lib o‘ynab borardi. Bu "yengiltaklik" otasiga yoqmaydi. Uni jerkib-jerkib tashlaydi. Bolakay tutib olgan chiroyli kapalagini otasiga ko‘rsatib, uni ham quvontirmoqchi bo‘ladi, lekin otasi qo‘lidan kapalakni yulib olib, kaftlari bilan g‘ijimlab, oyoqlari ostidga tashlaydi. Qo‘rqib ketgan bola ko‘z o‘ngida otasi birdan yovuz devga aylanib qoladi va u jon holatda momo, bobosi qolgan qishloq tomon yeldek uchib ketadi.
(35,42 Mb)
Hikoyaning namunasini bepul tinglang
Muallif - Normurod Norqobilov;

Suxandon – O’zbekistonda  xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova;

Rejissyor – Yelena Burova;
Musavvir - Yevgeniya Polejayeva;
Eshitilish vaqti – 19:21