MANTIQIY TOPISHMOQLAR

Posted by Dilya Usmanova on

1.Daniyaliklarda bir gap bor: “Bizda hamma narsa Swetsiyadan ko’ra yaxshi: iqlim, tabiat, xalq, tarix. Ularda esa faqat birgina narsa yaxshi. U nima?(Qo’shnisi)

2.It 20 metrlik zanjirga bog’langan. U necha metr uzoqlikgacha ketishi mumkin? (Istalgancha, chunki zanjirning ikkinchi uchi biror narsaga bog’langani aytilmagan)

3.Elakda suv tashib bo’ladimi? (Ha, agar suv muzga aylangan bo’lsa)

4.Olgan sayin ko’payadi, qo’shgan sayin kamayadi. (O’ra)

5.Xonada 50 ta sham yonib turgan edi, ulardan 20 tasi o’chirildi. Nechta sham qoladi? (20 ta o’chgan sham qoladi, qolgani yonib tugaydi)

6.Uni berish oson, olish qiyin. (Nasihat)

7.Yomg’ir yog’ayotgan paytda quyon qanday daraxtning tagiga berkinadi? (Ho’l)

8.Qora mushukning uyga qanday paytda kirgani ma’qul? (Eshik ochiqligida)

9.Bu narsa odamga ikki marta tekinga beriladi, uchinchisi esa pullik. Gap nima haqida? (Tish – sut tishi, doimiy tish, keyingilari sun’iy, ya’ni pullik)

10.Bu belgi Fransiya va Germaniyada nolni bildiradi, Yaponiyada – pulni, Tunisda – o’lim xavfini, Suriyada – munosabatlar uzilishini bildiradi. AQSH dachi?          (Tasdiq va rozilik belgisi, barmoqlarda ko’rsatiladigan OK)

11.Yumuq ko’z bilan nimani ko’rish mumkin? (Tush)

12.Eng qisqa oy? (May, bor yo’g’i uchta harf)

13.Qaysi oyda ovqat kamroq yeyiladi? (Fevral oyida, 28 yoki 29 kun bo’lgani uchun)

14.Qanday idishdan hech qachon narsa yeb bo’lmaydi? (Bo’sh idishdan)

15.Eng katta qozonga ham sig’maydigan narsa nima? (Shu qozonning qopqog’i)

 

Audio kitoblar, ertaklar uzbek va rus tilarda Telegram kanalimizda tekin bepul eshitish Audio kitoblar, ertaklar uzbek va rus tilarda Telegram kanalimizda tekin bepul eshitish

16.Bo’sh qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (Faqat birinchisi, qolgani yeyilganda qorin bo’sh bo’lmaydi) 

17. Kun va tun nima bilan yakunlanadi? (N harfi bilan)

18.Qanday qilib o’n metrlik narvondan sakrab, jarohatlanmaslik mumkin? (Narvonning birinchi pog’onasidan sakrab)

19.U senga tegishli, biroq undan boshqalar foydalanadilar. U nima? (Ism)

20.Bir erkak va ayol yo’lda ketishayotgan edilar. Ulardan “Sizlar kimsizlar?”- deb so’radilar. Shunda ayol dedi: “Bu odamning onasi – onamning qaynonasi.” Savol: bu ayol va erkak kimlar? (Ota va qiz) 

21.Tog’da talaymonni ko’rdim (bori)

Suvda Sulaymonni ko’rdim (baliq)

Tuzsiz pishgan oshni ko’rdim (sumalak)

Yumalab yotgan toshni ko’rdim (toshbaqa).

Hayvonlar haqida topishmoqlar ( javobi bilan )

Uy-ro'zg'or buyumlari haqida topishmoqlar

Bolalar uchun mantiqiy, chalg'ituvchi savollar

 


Hurmat bilan,

audiobook.uz

riddle-middle.ru manbaidan D.Usmanova tarjimasi


2 comments


  • Nima bu?
    Hummani to’ydiraman
    O’zim yemayman

    Utkir on

  • Firdavs

    Firdavs on

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published