41-dars. «Примерить» va «примирить»: qay holda «е», qay holda esa «и» yoziladi - farqini ko’rib chiqamiz!

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

41-dars. «Примерить» va «примирить»: qay holda «е», qay holda esa «и» yoziladi- farqini ko’rib chiqamiz!

Do’stlar! Bugun diqqatimiz markazida ikkita glagol bo’lib, ularning yozilishada bitta harf farq qiladi:

примерить – примирить

Qay holda qaysi harf yozilishi qanday aniqlanadi? Ma’nosiga qarab, do’stlar!

«Примерить» glagoli «мера» so’zidan kelib chiqqan:

приме'рить – соотнести размер какой-либо вещи со своими размерами (ноги, тела, головы и т.п. - примерить, примерно, примерный, примерка, примерочная):

- Я хочу приме'рить это платье - оно мне понравилось!

- Прежде чем купить кольцо, надо его приме'рить на тот палец, на котором ты будешь его носить.

- Приме'рка не состоялась - костюм ещё не готов.

- Какой размер обуви носит ваша тётя? - Приме'рно тридцать шестой.

 

«Примирить» glagoli «мир» sozidan kelib chiqqan:

примири'ть - восстановить мирные отношения; восстановить мир в отношениях (примири'ть, примири'тельно, примири'тельные, примире'ние):

- Примири'ть их будет трудно - слишком давняя вражда между семейными кланами.

- Примире'ние необходимо для всех участников конфликта.

- Ладно, давайте забудем старое, - примири'тельно сказал он.

Har ikkala holdagi udareniyega e’tibor bering!

Rus tili talaffuzingizni  takomillashtiring:

a)"Кувшин-силач" ertagining matnini bir necha marotaba shoshmasdan va ravon o’qib chiqing; b)ertakning audiovariantidagi suxandonni tinglab turib, talaffuz ravonligini taqqoslang; d)ertakni yod oling va o’zingizni diktofonga bir necha marotaba yozib oling, birinchi va oxirgi yozuvni taqqoslang – oxirgisi birinchisidan yaxshiroq chiqishi kerak.

Bilim olishdan charchamang!

Елена Бурова

1-32 Darslar

33-dars

34-dars

35-dars

36-dars

37-dars

38-dars

39-dars

40-dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published