4-dars. Rus tilida - то, - либо, - нибудь yuklamalari boshqa so’zlar bilan birgalikda qanday yoziladi?

Posted by Dilya Usmanova on

RUS TILI SAVODXONLIGI

Yozuvingiz savodli bo’lishiga harakat qiling – bu maqomingizning yuqori ko’tarilishi uchun imkoniyatdir!

4-dars. Rus tilida - то, - либо, - нибудь yuklamalari boshqa so’zlar bilan birgalikda qanday yoziladi?

Rus tilida -то, - либо, -нибудь yuklamalari gapning emotsional ifodali bo’lishi uchun foydalaniladi.
Esalab qoling:-то, - либо, -нибудь yuklamalari (ular yana “суффиксы” yoki “постсуффиксы” deb ham ataladi) har qanday so’zlar bilan doim defis orqali yoziladi.

Misollarda ko’rib chiqamiz:

a) -то: кто-то зовёт, что-то происходит, где-то поют, когда-то будет, почему-то было весело, зачем-то нужно сделать, куда-то пойти, откуда-то появилось, как-то раз;

Shaxsiy olmoshlar (личные местоимения) bilan ham: я-то думал, ты-то куда смотрел, он-то лучше, она-то красивая, оно-то ушло, мы-то дружили, вы-то откуда, они-то разные;

Shuningdek, otlar ba atoqli otlar (существительные и имена собственные) bilan ham: щенок-то убежал, стекло-то разбито, мальчик-то какой ловкий; Иван-то уехал, Владимир Петрович-то вернулся, Наташа-то выросла, у Анны Павловны-то внуки уже есть;


b) -либо: кто-либо сделает, что-либо произойдёт, где-либо будет, когда-либо начнётся, почему-либо остаться, зачем-либо пойти, куда-либо поехать, откуда-либо вернуться;

d) -нибудь: кто-нибудь расскажет, что-нибудь покажут, где-нибудь родится, когда-нибудь понять, почему-нибудь забыть, зачем-нибудь вернуться, куда-нибудь отправиться, откуда-нибудь появиться.

Tavsiya: Yaqqol misol uchun I.S.Turgenevning “Записки охотника” to’plamidagi bir nechta hikoyalarini o’qib chiqing.


Rus tili nutqimiz va talaffuzimizni mukammalashtirishda davom etamiz:


a) havola orqali kirib, Лиса и аистиха audioertagini bepul yuklab oling;
b) ertakni bir necha marotaba tinglang, har gal qiyin so’zlarni qaytarib turing, so’ngra esa ertakni boshidan oxirigacha gapirib bering va o’zingizni diktofonga yozib oling; buni har kuni bajaring;

d) bir-ikki haftadan keyin ertakni yana boshidan oxirigacha ayting va yana o’zingizni diktofonga yozib oling-da, bu ikkala audioyozuvni taqqoslab ko’ring. Bilim olishda charchamang!

Savollaringizni sharhlarda yozib qoldiring, biz albatta ularga javob qaytaramiz!

3-darsni takrorlab – o’zingizni yana bir bor sinab ko’ring!

 

1 - dars

2 - dars

3 - dars

0 comments

Leave a comment

Please note, comments must be approved before they are published